Jamiyat | 17:25 / 24.01.2018
12181
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat haqida yolg‘on xabar va yolg‘on guvohlik berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi.

Unda fuqarolarning huquq va erkinliklarini jinoyat protsessida jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta'minlash, ularning sha'ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik alohida band sifatida kiritilgan.

Dasturda belgilanishicha, 2018 yil 1 aprelgacha Prezident devoni, Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, Oliy sud, Advokatlar palatasi birgalikda O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishadi. Mazkur loyihada:

protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan ko‘rsatuvlar, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;

shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo‘lgan, hujjatlar yoki ashyolarga bila turib yolg‘on ma'lumotlar va boshqa buzib ko‘rsatilgan faktlarni kiritish, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatuv berishga majburlash, ish bo‘yicha haqiqiy holatlarni buzib ko‘rsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish;

jinoyat haqida yolg‘on xabar va yolg‘on guvohlik berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi.

UzA Shokirjonov Shuhrat
Tayyorlagan UzA Shokirjonov Shuhrat
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid