O‘zbekiston | 10:16 / 25.01.2018
14073
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi shakliga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Huffington Post

Davlat bojxona qo‘mitasining qarori (ro‘yxat raqami  2606-3, 2018 yil 17 yanvar) bilan Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Yo‘riqnoma Prezidentning 2017 yil 6 dekabrdagi PF-5276-son “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktabrdagi 814-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq keltirildi.

Eslatib o‘tamiz, 1.01.2018 yildan boshlab 2 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi xorijiy valyuta jismoniy shaxslar tomonidan har qanday davlat chegarasidan o‘tish punktlarida deklaratsiyalanmasdan olib kiriladi va olib chiqib ketiladi. Bundan tashqari, xalqaro aeroportlarda mazkur normaga hamda tovarlarni bojsiz olib kirishning chegaralangan me'yorlari va aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirishning chegaralangan me'yorlariga rioya qilingan taqdirda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmaslikka va «yashil yo‘lak»dan foydalanishga haqli.

Bojxona deklaratsiyasining yangi shakli bilan havola bo‘yicha tanishish mumkin.

Hujjat 17.01.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid