Jahon | 23:45 / 25.01.2018
23416
1 daqiqa o‘qiladi

Putinga yangi strategik raketa tashuvchi samolyot namoyish qilindi

Foto: screenshot

25 yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gorbunov nomidagi Qozon aviatsiya zavodiga tashrif buyurganda unga tovushdan yuqori tezlikda uchuvchi yangi strategik raketa tashuvchi Tu-160M samolyotining parvozi namoyish qilindi.   

Putin “Petr Deynekin” nomli yangi samolyotning parvozini kuzatib, samolyotning fuqarolar versiyasini yaratishni taklif qildi.

“Tu-144 nima uchun ishlab chiqarishdan olindi – chipta mamlakatdagi o‘rtacha oylikka mos kelishi kerak bo‘lgan. Hozir vaziyat boshqacha. Hozir bu samolyotni qo‘llashi mumkin bo‘lgan yirik kompaniyalar paydo bo‘ldi”, deb aytgan Putin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid