Rossiya havo-kosmik kuçlarining uzoq aviatsiya qömondoni Sergey Kobilaşning ma'lum qilişiça, Rossiya armiyasi Arktikaga Tu-160 tovuşdan tez harakatlanuvçi raketa taşuvçilarini yubordi. Bu mintaqa himoyasini kuçaytiriş uçun qilindi, deya aytib ötdi harbiy «Krasnaya zvezda» gazetasiga bergan intervyusida.
«Joriy yilda Anadirga Tu-160 samolyotlarida borişni rejalaştirmoqdamiz. Hozirda Arktika biz uçun strategik ahamiyatga ega, şuning uçun özimizga yangi aerodromlar va uskunalarni özlaştirmoqdamiz. Ular dengiz çegaralari tomonidan va bu yönalişda mamlakat xavfsizligini ta'minlaş imkonini beradi», - deya aytib ötdi Kobilaş.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, 2017 yilda Tu-22M3 birinçi marta Anadir va Vorkutaga qöngan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Rossiya Arktikada «harbiy raqobatga» kirişişi mumkin ekani ma'lum qilingandi.












