Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramatov 2 yil oldingi «Paxtakor» va «Metallurg» o‘yinini o‘zbek futbolidagi ahmoqgarchilik deb atadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (sobiq O‘FF) yangi prezidenti Ochilboy Ramatov bugun o‘tkazilgan hisobot-saylov konferensiyasida milliy chempionatdagi vaziyatni keskin tanqid qildi.
«O‘yinlarda ofsayddan urilgan gollar hisobga olinishi, yo‘q joydan penalti berilishi, bor penalti berilmasligi, futbolchilar raqibga penalti ishlab, yordam berishi kuzatiladi.
Ikki yil oldin bo‘lgan «Metallurg» bilan «Paxtakor» o‘yinini bilasizlar-a? Kimlardir aralashgandi. Bu o‘zbek futbolidagi eng ahmoqgarchilik bo‘lgandi.
G‘irrom bo‘lgan joyga muxlis kelmaydi-ku?», degan O‘FAning yangi rahbari.
Ochilboy Ramatov nazarda tutgan o‘yin 2015 yilning 25 sentabrida Toshkentda «Paxtakor» maydonida o‘tkazilgan va unda mezbonlar 0:2 hisobida ortda bora turib, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltilardan urilgan 2 gol evaziga g‘alabaga erishgandi (3:2).
O‘FFning o‘sha vaqtdagi rahbariyati bu o‘yinni kelishilgan, deb topgan va «Metallurg» bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov mavsum yakuniga qadar chetlatilgan, yangi mavsumdan faoliyatini davom ettirgandi. O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov «Paxtakor» klubiga nisbatan mavsum oxirida qat'iy jazo choralarni ko‘rilishini va'da qilgan edi, ammo jamoa jazosiz qolgandi.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026