O‘zbekiston | 16:52 / 26.01.2018
7631
2 daqiqa o‘qiladi

Foizlar bo‘yicha kompensatsiya va kafillikni rasmiylashtirish mexanizmlari jadallashtirildi

Foto: Photl

Vazirlar Mahkamasining 15.01.2018 yildagi 26-son qarori bilan   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma). Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jamg‘arma prezidentning 17.08.2017 yildagi PQ-3225-son qarori bilan tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi – kichik tadbirkorlik sub'yektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Jamg‘arma tomonidan ular bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub'yektlariga kafillik va foizlar bo‘yicha xarajatlarga kompensatsiya taqdim etiladigan kreditlarning chegaralangan summasi endi so‘mda belgilanadi.

Shu bilan birga moliyaviy yordam olish taomilining alohida bosqichlari muddatlari kamaytirildi. Xususan, Jamg‘arma kompensatsiya va kafillik olish bo‘yicha bankdan kelib tushgan hujjatlarni 3 ish kuni mobaynida o‘rganadi (ilgari kreditlar bo‘yicha foizlarni qoplash uchun hujjatlar 7 kun, kafillik olish bo‘yicha esa 10 kun tekshirilar edi). Umuman olganda, moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgunga qadar barcha tadbirlarning umumiy muddati kamaytirildi:

• kompensatsiya olish uchun – 1 haftaga;
• kafillik olish uchun –  10 kunga.

Hujjat 17.01.2018 yildan kuchga kirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid