O‘zbekistondagi sudlar 2017 yilda qanday faoliyat olib bordi?
O‘zbekistondagi sudlar odil sudlovni amalga oshirishi, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashi borasida o‘tgan yilda qanday faoliyat yuritdi?
2017 yil mobaynida sudlar tomonidan 77 401 nafar shaxsga nisbatan 59 135 ta jinoyat ishi, 272 485 nafar shaxsga nisbatan 217 314 ta ma'muriy ish, 286 862 ta fuqarolik ishi, 347 479 ta iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi va 806 170 ta sud buyrug‘i chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Hisobot davrida jami sudlangan shaxslar soni 54 687 nafarni tashkil etib, shundan 15 856 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 38 831 nafariga boshqa turdagi jazolar qo‘llanildi.
Shuningdek, 262 nafar shaxs oqlandi, 4 389 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi, 18 655 nafari jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 9 367 nafariga jazosi yengili bilan almashtirildi, 5 841 nafar shaxsga nisbatan tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi.
O‘tgan yili fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini nikohdan ajratish, qarz va kredit shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolar, alohida tartibda yuritilgan ishlar, turar joydan ko‘chirish, oldi-sotdi shartnomalari bilan bog‘liq hamda shikoyat tartibida yuritilgan ishlar tashkil etgan.
Ma'muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning ko‘rilishi natijasida 4 775 nafar fuqaroning huquqi tiklangan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024