Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistonning 5 shahrida isitish tizimi modernizatsiyasini moliyalashtiradi
Jahon banki direktorlar kengashi «Energiya samaradorlik va markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti modernizatsiyasi» loyihasini moliyalashtirishni ma'qulladi. Uning qiymati 140 mln dollar bo‘lib, O‘zbekistonning besh shahrida amalga oshirilmoqda.
Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasidan xabar berishlaricha, loyiha markazlashtirilgan isitish zamonaviy modelini joriy etish orqali issiqlik ta'minoti sohasidagi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ilk marta O‘zbekistonda foydalaniladi. Andijon, Buxoro, Chirchiq, Samarqand va Toshkentdagi (Sergeli tumani) ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 240 mingdan ortiq aholi uchun isitish va issiq suv ta'minoti xizmati yaxshilanadi. Ular issiqlik ta'minoti tizimiga ulangan yoki ulanishi rejalashtirilgan.
Loyiha markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti infratuzilmasi modernizatsiyasiga mablag‘ ajratish, uning salohiyatini kengaytirish, shuningdek, normativ-huquqiy bazani yaxshilashni nazarda tutadi. Bu yuqorida ko‘rsatilgan shaharlarda sektor korxonalari ishini yanada samarali va barqarorlashtirish uchun kerak.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida elektr energiyasidan foydalanilgan isitish tizimidan markazlashtirilgan issiqlik ta'minotiga o‘tish kutilmoqda. Bu elektr tarmoqlaridagi ortiq yuklamalar muammosini hal qiladi, texnik yo‘qotishlar, avariyalar soni va elektr energiyasidagi uzilishlarni qisqartiradi.
Kutilishicha, sektor modernizatsiyasi hisobidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli kamayadi, bu havoning ifloslanish darajasini pasaytiradi.
Mavzuga oid
11:46
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026