Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya muxolifati Sochidagi kongressga boykot e'lon qildi
Foto: AFP 2018 / Delil Souleiman
Suriya muxolifati Sochida o‘tishi rejalashtirilgan Suriya bo‘yicha milliy muloqot kongressiga boykot e'lon qilishga qaror qildi.
“Suriyaning inqilobiy va muxolif kuchlarining muzokaralar qo‘mitasi Rossiya tomondan tashkillashtirilayotgan Sochidagi kongressga boykot e'lon qiladi”, deb aytilgan Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitaning tvitterdagi xabarida.
Kongress Sochida 30 yanvarda o‘tishi belgilangan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi unda ishtirok etish uchun Suriya jamoatchiligining 1600 ga yaqin vakilini taklif qilgan. Bundan tashqari, kuzatuvchilar sifatida BMT vakillari, bir qator mintaqaviy va xalqaro hamkorlar taklif qilingan.
Rossiyaning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev avvalroq aytgandek, Suriyaning yangi konstitutsiyasini yaratish bo‘yicha jarayonni boshlab berishi kerak bo‘lgan kongressda o‘z fikrini bildirish huquqi barchaga – hukumatga ham, muxolifatga ham beriladi.
Mavzuga oid
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
11:15 / 17.04.2026
AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqdi
09:45 / 31.03.2026