Jahon | 19:00 / 28.01.2018
3765
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: REUTERS / Lehtikuva/Heikki Saukkomaa

28 yanvarda Finlyandiyada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Saylovlarda hammasi bo‘lib 8 nomzod ishtirok etmoqda. Ovoz berish huquqiga 4,5 mln kishi ega. Muddatdan oldin 1,55 mln kishi ovoz berib bo‘lgan.

Mamlakat bo‘ylab ertalabki soat 9dan saylov uchastkalari ochilgan va soat 20da yopiladi. Saylovlar Finlyandiyaning 13 ta saylov okrugida hamda mamlakatning xorijiy diplomatik missiyalarida bo‘lib o‘tmoqda. 18 yoshdan boshlab saylovlarda ishtirok etish mumkin. 

Prezidentlikka nomzodlar raqamlab chiqilgan, “1” raqami kimnidir oldindan yetakchi deb e'lon qilmaslik uchun ishlatilmagan. Nomzodlar quyidagicha raqamlangan: 2 — “So‘l ittifoq”dan Merya Kyullyonen; 3 — “Yashillar ittifoqi” partiyasidan Pekka Xaavisto; 4 — “Finlyand markazi”dan sobiq bosh vazir Matti Vanxanen; 5 — “Asl finnlar” partiyasidan Laura Xuxtasaari; 6 — Sotsial-demokratik partiyadan Tuula Xaataynen; 7 — Yevroparlament a'zosi Paavo Vyayuryunen; 8 — mustaqil nomzod Sauli Niinistyo; 9 — Shvetsiya xalq partiyasidan Nils Torvalds.

Saylovlar bir bosqichda o‘tishi kutilmoqda, biroq zarurat bo‘lsa, 11 fevralda ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid