Sport | 08:40 / 28.01.2018
9686
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» Angliya Kubogidan chiqarib yuborildi

Foto: Premer Liga

«Vest Bromvich Albion» Angliya Kubogining 1/16 finalida «Liverpul» to‘sig‘idan o‘tdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 5-daqiqasila Roberto Firmino hisobni ochgandi. Ammo 2 daqiqa o‘tib  Jyey Rodriges muvozanatni tikladi, 11-daqiqaga kelib u dublni rasmiylashtirdi.

Bo‘lim davomida Roberto Firmino penaltidan unumli foydalana olmadi. Bo‘lim oxirida esa Joel Matip to‘pni o‘z darvozasiga yo‘naltirib yubordi. 78-daqiqada Muhammad Saloh urgan javob goli jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

«Vest Bromvich Albion» Angliya Kubogining 1/8 finaliga chiqdi, «Liverpul» turnirni tark etdi.

Angliya Kubogi
1/16 final

Liverpul – Vest Bromvich 2:3
(1:3, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Firmino, 1:1 – 7 Rodriges, 1:2 – 11 Rodriges, 1:3 – 45, avtogol Matip, 2:3 – 78 Saloh.
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Oksleyd-Chemberlen (Ingz, 65), Mane (Xenderson, 65), Veynaldum, Saloh, Jan (Milner, 65).
Vest Bromvich – Foster, Evans, Gibbs (Xegazi, 37), Nom, Douson, Berri (Yakob, 71), Brant, Kryxovyak, Livermor, Robson-Kanu (Fillips, 39), Rodriges.
Ogohlantirishlar: Berri (26), Jan (61), Douson (83), Xegazi (85).

Mavzuga oid