Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Osiyo chempionati g‘oliblari tantana bilan kutib olinadi
Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:50da Toshkentga yetib keladi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a'zolari terma jamoani kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Marosimda davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san'atkorlar, deyarli barcha barcha OAV vositalari, Yoshlar ittifoqi faollari jam bo‘ladi.
Kutib olish marosimidan keyin futbolchilar «O‘zbekiston» mehmonxonasida shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan taqdirlanadi.
Bundan oldinroq Osiyo chempionlariga prezident topshirig‘i bilan bittadan Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:10 / 14.01.2026
O‘zbekiston U23 Osiyo Kubogi chorakfinalida Xitoy bilan o‘ynaydi
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
20:58 / 10.01.2026
O‘zbekiston U23 jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi bahsda durang o‘ynadi
21:44 / 07.01.2026