Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«AQSh tufayli» - BMT falastinlik qochqinlarga yordam uchun mablag‘ yetishmovchiligi haqida ma'lum qildi
BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi G‘azo sektorida taxminan 1 mln kishini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun mablag‘ yetishmayotganini ma'lum qildi.
Bu haqda falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligining G‘azo sektoridagi bo‘limi rahbari Mattias Shmale Süddeutsche Zeitung’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Juda ko‘plab odamlarda bu oziq-ovqat yordamiga haqiqatdan ham ehtiyoj bor. Agarda u yo‘qolsa, tartibsizlik, ocharchilik yuz beradi», - deya aytib o‘tdi u.
Shmalening so‘zlariga ko‘ra, AQShdan keluvchi pullar byudjyetning 60 foizini tashkil etgan, oziq-ovqat yordami ham undan moliyalashtirilgan.
Gazetaning iddao etishicha, Vashington 100 mln dollarlik mablag‘ning ikki o‘tkazmasini muzlatib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Davos yig‘ilishida Falastinga tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026