Jahon | 08:22 / 29.01.2018
8283
2 daqiqa o‘qiladi

Havaskor astronom NASA 12 yil avval yo‘qotgan sun'iy yo‘ldoshni aniqladi

Foto: NASA

Astronomiyaga qiziquvchi kanadalik NASA koinot agentligi 12 yil avval yo‘qotgan sun'iy yo‘ldoshni aniqlay oldi. Bu haqda Tech Times nashri xabar bermoqda.

Havaskor astronom AQShning yaqinda yo‘qolib qolgan maxfiy sun'iy yo‘ldoshi Zuma’ni aniqlamoqchi bo‘lgan, biroq buning o‘rniga ancha avval yo‘qolgan sun'iy yo‘ldoshdan kelayotgan signallarni eshitgan. Uning taxminicha, bu signallar IMAGE sun'iy yo‘ldoshiga tegishli bo‘lgan.

U bu haqda shaxsiy blogida yozgan. Dastlab bu hech kimni qiziqtirmagan, biroq keyinroq kanadalik IMAGE’ning bosh sarmoyachilaridan biri Jyeyms Berch bilan bog‘langan. Bir necha kundan keyin Goddard nomidagi koinot parvozlari markazi muhandislari IMAGE’dan signalni ushlay olishganini tasdiqlashgan.

IMAGE (Imager for Magnetopause-to-Aurora Global Exploration) sun'iy yo‘ldoshi 2000 yilda Yerning magnitosferasini o‘rganish uchun fazoga uchirilgan. 2005 yilda olimlar u bilan aloqani yo‘qotishgan va uni koinotda yo‘qolgan deb tan olishgan. Taxmin qilinishicha, sun'iy yo‘ldosh o‘tgan yilgi quyosh tutilishi vaqtida ishga tushib ketgan bo‘lishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid