Jamiyat | 08:38 / 29.01.2018
6671
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda “Neksiya” salonidan 8 mln so‘mni o‘marib ketishdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
 
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida 23 yanvar kuni soat 10:30larda noma'lum shaxs TXAY ko‘chasida joylashgan “Toshkent” savdo markazi oldida Qashqadaryo viloyati Yangiobod qishlog‘ida yashovchi, O‘.G.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinasi salonidan 8.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan noma'lum shaxsni, aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan va qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid