Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda muz yomg‘irli qor yog‘ishidan 3,4 million kishi jabrlandi
Foto: China Daily CDIC/Reuters
Xitoyning markaziy va sharqiy viloyatlarida havo haroratining jiddiy pasayishi va muz yomg‘irli qor yog‘ishi 2 kishining o‘limiga, 3,4 mln kishining u yoki bu darajada jabr ko‘rishiga olib keldi. Bunday ma'lumotlarni Xitoyning fuqarolik ma'muriyati vazirligi ma'lum qildi.
Tabiiy ofat Tszyansu, Chjetszyan, Anxoy, Tszyansi, Xenan, Xubey, Xunan, Guychjou, Shensi viloyatlariga eng ko‘p ta'sirini o‘tkazgan. 24 yanvardan qor yog‘ishi va sovuq havo falokat hududlaridan 29 ming kishini evakuatsiya qilishga majbur qilgan. Yana 60 ming kishi shoshilinch yordamga muhtojlik sezmoqda. Qor yog‘ishi oqibatida 200 ta turar joy inshooti vayron bo‘lgan, 341 ming gektar kishloq xo‘jaligi yerlariga jiddiy zarar yetgan.
Sovuqlar markaziy isitish tizimi bo‘lmagan hududlardagi uylarda elektr energiya iste'moli miqdorining keskin oshishiga olib kelgan. Qor yog‘ish tufayli transport bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan. Xitoyning turli hududlaridan aeroportlarda reyslar ushlangani yoki bekor qilingani haqida xabarlar berilmoqda. Yog‘ingarchilik tufayli butun bir temir yo‘l yo‘nalishlari to‘silib, reyslarning ommaviy ushlanishiga olib kelmoqda.
Mavzuga oid
22:04 / 25.01.2026
Xitoyda nishonni aniq uradigan miltiqli dron sinovdan o‘tkazildi
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026