Jahon | 17:05 / 29.01.2018
13358
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda mahkum turmadagi qiynoqlarga norozilik sifatida mix yutib yubordi

Foto: Gazeta.Ru

Internetda Qozog‘istondagi «qamoqxonalarda qiynoqlar, kaltaklashlar va hattoki qotilliklar guvohiga aylangan» shaxslarning videomurojaatlari paydo bo‘ldi.

Sariag‘och shahrida 11 yil muqaddam sudlangan, ayni damda Semey shahrida jazo muddatini o‘tayotgan Ozod Satishevning qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, «mahkum turmadagi qiynoqlarga qat'iy norozilik sifatida mix yutib yuborgan, buni boshqa kaltaklamasliklari uchun qilgan». 

«Men va singlisi ko‘rgani bordik. U boshqa kaltaklamasliklari uchun mix yutib yuborgan. Uni kaltaklashadi. Juda ozib ketgan. Butun badani ko‘karib ketgan. Endi uni yanada kuchli tartibdagi joyga ko‘chirishmoqchi. Agarda u yerga olib o‘tishsa, u qamoqdan umuman chiqmasligi mumkin», - deya aytib o‘tgan uning rafiqasi Akmaral Satisheva.

Satishevaning so‘zlariga ko‘ra, eri Janubiy-Qozog‘iston viloyatidagi o‘zi istiqomat qiladigan yerda joylashgan turmaga ko‘chirmagunlariga qadar oshqozonidan mixni olib tashlashlariga yo‘l qo‘ymayapti. «Chunki u besh yil davomida boshidan o‘tkazgan qiynoqlar takrorlanmasligini xohlaydi», - deydi uning rafiqasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid