Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Qashqadaryodagi ishsizlik muammosi haqida gapirdi
28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati tanqidiy baholar asosida tahlil etildi. Mavjud muammolar ochiq gapirildi, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Prezident Qashqadaryo viloyatidagi ishsizlik masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, bu muammo butun respublika bo‘yicha o‘ta dolzarb ekanligini ta'kidladi.
«Ish o‘rinlari masalasi Qashqadaryo uchun juda muhim. 2017 yil yakuniga ko‘ra, viloyatdagi 97 mingdan ziyod fuqaro ish izlab xorijga ketgani buni yaqqol anglatib turibdi. Mana, yaqindagi falokatni qarang, yosh-yosh yigitlar halok bo‘lishdi. 52 nafar. Ularning barchasi ish izlab, chet elga chiqib ketishgan. Bunday halokat yana qayta bo‘lmaydi, deb kim kafolat bera oladi? Hech kim, hech qachon. Hamma ayb bizda, davlatda, ijroya hokimiyat vakillarida. Nima uchun man bunga yana bir bor urg‘u beryapman? Agar biz bugun bu masalalarni ochiq-oydin gaplashmasak bo‘lmaydi.
Tasavvur qiling Qashqadaryodan 97 ming kishi chet elga chiqib ketgan, bu hali menga berilgan ma'lumot. Bunga kirmaganlar ham kamida 10-15 mingni tashkil etadi. Mana shuni galstuk kiygan, Toshkentdan kelgan kattalar va viloyatning to‘rtta rahbari bilib qo‘ysin – bizga bo‘layotgan xalqning eng katta e'tirozi ish o‘rinlarining yetishmasligidan. Kabinetdan chiqmay, fisqu-fasod qilib o‘tiradigan zamonlar o‘tib bo‘ldi. Pagonni kiyib olib, ig‘vo qiladiganlar ham endi O‘zbekistonda bo‘lmaydi. Biz shu paytgacha odamlarga yolg‘on gapirib keldik, yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatdik. Odamlarni norozi qildik», deya prezidentning so‘zlarini keltiradi yig‘ilishda qatnashgan «Kun.uz» muxbiri.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
19:42 / 23.06.2025
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi
15:13 / 20.06.2025