Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi
Tuman hokimi Elyor Asronkulov tanqidiy ruhda o‘tkazgan yig‘ilishda mahalla raislari ishtirok etgan. Kaldushon mahallasi raisi Sharifjon Abdullayev sog‘ligi tufayli faoliyatini to‘xtatmoqchi ekanini aytib, yig‘ilishni tark etgan. Hokimlik tashqi hovlisida uning sog‘ligi yomonlashgan. Tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan mahalla raisi o‘sha yerda vafot etgan.
Foto: Furqat tumani hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman hokimining qo‘pol munosabatidan so‘ng vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Furqat tumani hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Hokimlik munosabatida keltirilishicha, joriy yil 18 iyun kuni tuman hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgan va unda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etgan. Yig‘ilishda mahalla raislari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berilgan.
“Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan, lekin tuman hokimi tomonidan shaxsga nisbatan haqoratli so‘z ishlatilmagan. Kaldushon mahallasi raisi Sharifjon Abdullayev yig‘ilish paytida sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sabab faoliyatini to‘xtatmoqchiligini aytib, yig‘ilishni tark etgan. Hokimlik tashqi hovlisida sog‘ligi yomonlashgani tufayli tez yordam chaqirilgan, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan”, deyiladi munosabatda.
Mahalla raisi shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatining Furqat tumaniga 2024 yil avgust oyidan buyon Elyor Asronkulov hokimlik qilib keladi.
Mavzuga oid
18:51 / 28.11.2025
Akmal Xo‘jayev va Jasur Rasulov 4 yilga qamaldi
14:43 / 26.11.2025
“Xodimlarim soliqchining uyiga kirishdan avval eshikni taqillatishgan” – sobiq IIB boshlig‘i Akmal Xo‘jayev ko‘rsatmasi tinglandi
10:52 / 22.11.2025
«Videoyozuv bo‘yicha ekspertiza xulosasi chiqsa tanishib, keyin ko‘rsatma beraman» – sobiq IIB boshlig‘i ko‘rsatma berishdan yana bosh tortdi
23:35 / 29.10.2025