Bu yil Qaşqadaryoda 470 ming odamni band qiliş, 150 ming aholini kambağallikdan çiqariş, Kitob tumani, Qarşi va Şahrisabz şaharlarini «işsizlik va kambağallikdan holi hudud»ga aylantiriş möljallangan.
Prezident bandlikda işga solinmagan imkoniyatlarni körsatib berdi.
Masalan, Şahrisabz tumani Hisorak-Ğyelon yöli böyidagi 16 gektar, Qamaşida 65 gektar, Ğuzorda 42 gektar yerlarni turizm maskaniga aylantiriş mumkinligi ta’kidlandi. Şu kabi, Qaşqadaryoning Çiroqçidan ötgan 103 gektar qirğoğida sayyohlar uçun dam oliş maskanlarini taşkil qiliş mumkin.
Kökdaladagi Çiyal dehqon bozori hududida 50 ga yaqin tadbirkorlar Çiyal yaxnasini tayyorlab, sotadi. Bu 100 yillik an’anaga aylangan. Hozir bozor faqat yakşanba kuni işlayapti. Agar şaroitni yaxşilab, mehmonxona va avtoturargoh qurilsa, köp yillik tarixga ega bu joy kunlik rejimga ötib, oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi.
Şahrisabz şahri mahallalarida 100 dan ortiq aholi uy şaroitida temirçilik bilan şuğullanadi. Ularga qulay bölişi uçun Şahrisabz şahri Qorasuv mahallasidagi 4,5 gektar böş yerda temirçilik mikro-markazini taşkil qiliş topşirildi. Bunday mikro-markazlar Qarşi şahri, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson va Çiroqçida ham taşkil qilinadi.
Xorijda mehnat qilayotgan qaşqadaryoliklar yuqori daromadli işlar bilan band bölişi uçun Qarşi davlat universitetida kamida 100 nafar öqituvçini nemis, yapon, koreys tili böyiça malakasini oşiriş, kamida 10 ming odamni xorijiy tilga öqitiş, xorijda kam daromad topayotgan fuqarolarimizni özimizda işli qiliş muhimligi qayd etildi.













