O‘zbekiston | 12:00 / 29.01.2018
13896
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta'sirchan tizimi joriy etiladi

Foto: Fotolia

O‘zbekistonda shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta'sirchan tizimi joriy etiladi. Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berilishicha, davlat dasturiga asosan bu borada tegishli qonun hujjati qabul qilinishi lozim.

Qonun hujjatida:

tibbiyot xodimlari yo‘l qo‘ygan xatolar haqida jabrlangan shaxslarga ma'lumot berish, ularni hisobga olish va xatolarning oldini olish tizimini yaratish;
har bir tibbiyot muassasasida bemorlarning shifokor kasbiy xatosidan xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha doimiy ekspert guruhlarini tashkil etish;
xatosini o‘z vaqtida va ixtiyoriy tan olgan, yetkazilgan zararni qoplagan tibbiyot xodimini ayrim salbiy oqibatlardan ozod etish;
tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida yetkazilgan zarar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga xabar qilish, ularni ko‘rib chiqish va xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi;
birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan retseptni elektron shaklda to‘ldirishni (qo‘lyozma usulidan to‘liq voz kechgan holda) joriy etish va uni tegishli dorixonadagi ma'lumotlar bazasiga joylashtirishni ta'minlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish nazarda tutiladi.

Bu boradagi tegishli hujjat 30 mart kuniga qadar ishlab chiqilishi lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid