Hujjatga köra, retsept bilan beriladigan dori vositalari sotilganda elektron retsept raqami kassa çekida majburiy tarzda aks ettirilişi mumkin.

Şuningdek, qöşilgan qiymat soliğining salbiy farq summasini tezlaştirilgan tarzda qoplaş tartibi faqat Prezident qarori bilan tasdiqlangan yirik soliq tölovçilar röyxatiga kiritilgan kompaniyalarga nisbatan qöllanişi belgilanmoqda.

Loyihada qalbaki raqamli markirovkalangan va kontrafakt mahsulotlarni import qiliş, işlab çiqariş hamda sotiş böyiça jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvçi normani bekor qiliş ham taklif etilgan.

Hukumat uşbu çoralar iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartiriş, zamonaviy axborot yeçimlarini joriy etiş va nazorat-kassa maşinalari tizimini yanada takomillaştirişga xizmat qilişini ta’kidlamoqda.