Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda “Afrosiyob” poyezdining shamoliga uchib ketgan fuqaro oyog‘ini sindirib oldi
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida kutilmagan hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Guliston shahrida 24 yanvar kuni soat 19:00larda Oqoltin tumani Do‘stlik M.F.Y. Terakzor ko‘chasi 8-uyda yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan B.M. mast holda “N.Zokirov” ko‘chasidan o‘tuvchi 7-piket 3485-km.da temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan vaqtida 761-sonli “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdining shamoliga uchib ketib, shu yerda to‘xtab turgan yuk poyezd vagoniga urilib jarohat olgan va “o‘ng oyoq son suyagining o‘rta uchligidan ochiq sinish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ayni damda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:19 / 09.02.2026
Sirdaryoda avtomobilsozlik bo‘yicha o‘quv-trening markazi tashkil etiladi
19:37 / 25.01.2026
Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi texnik nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi
16:08 / 16.01.2026
1 fevraldan poyezd chiptalari narxi yana ko‘tariladi
15:42 / 09.01.2026