Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng baland erkak va eng past bo‘yli ayol Misr ehromlari yonida uchrashishdi
Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan ikki shaxs: bo‘yi 251 sm keladigan, dunyodagi eng baland odam – turkiyalik 35 yoshli Sulton Kosen dunyodagi eng past bo‘yli ayol – hindistonlik Joti Amji bilan Misr turizm kengashi taklifiga ko‘ra Misr ehromlari yonida uchrashishdi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.
Rekordchilar Misrning diqqatga sazovor joylariga sayyohlarni jalb qilish maqsadida fotosessiyada ishtirok etishdi.
Ta'kidlanishicha, Kosenning baland bo‘yligi undagi gipofiz o‘simtasi bilan bog‘langan. Bu kasallik tufayli uning organizmi bo‘y gormonidan juda ko‘p ishlab chiqaradi.
24 yoshli Amji esa axondroplaziya – suyaklar rivojlanmasligi tufayli pakanalikka olib keluvchi nasliy kasallikdan aziyat chekadi. Amji o‘zining noodatiy ko‘rinishi tufayli kinoda suratga tushadi va realiti-shoularda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026