Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qarshi magistral» kanalida qotillik yuz berdi
17 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani 1-mikrorayon 27-uy 17-xonada yashagan, tuman GRES mashinisti, 1975 yilda tug‘ilgan Yo.P. Samarqand mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi “Qarshi magistral” kanalida baliq tutayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketib cho‘kayotgan vaqtida, shu yerda baliq ovlayotgan tanishi, 5-mikrorayon 32-uy 1-xonada yashovchi, “Talimarjon IES” UK ishchisi, 1986 yilda tug‘ilgan T.X. tomonidan qutqarilishiga qaramay voqea joyida vafot etgan edi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida T.X. yuqoridagi kanal oldida Yo.P.ning yuziga qo‘li bilan urib jarohat yetkazib, ko‘krak qismiga tepib, kanalga tushirib yuborganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida T.X. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026