Jahon | 13:50 / 30.01.2018
6526
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada «Chegarasiz shifokorlar» shifoxonasiga aviazarba berildi, qurbonlar bor

Foto: RIA "Novosti"

Suriya shimolidagi Idlib viloyatida «Chegarasiz shifokorlar» shifoxonasiga berilgan aviazarba natijasida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmatidan xabar qilingan.

«Kecha, 29 yanvar, dushanba kuni, Suriya shimolidagi Idlibda joylashgan, «Chegarasiz shifokorlar» qo‘llab-quvvatlovi bilan ishlovchi shifoxona bombardimon qilindi. Unga ikkita snaryad otildi. Besh kishi halok bo‘ldi, ularning orasida yosh bola ham bor», - deya xabardan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Bundan tashqari, yana kamida olti inson jabrlangan, ular orasida uch nafar tibbiyot xodimi bor. Shifoxona aviazarbadan so‘ng yopib qo‘yildi.

Ta'kidlanishicha, bu so‘nggi 10 kun ichida tibbiyot muassasasini o‘qqa tutish bo‘yicha ikkinchi holatga aylandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid