Suriya şimoli-ğarbidagi olis bir göşa — Idlibga olib boradigan yöl hanuz yaqinda ötgan front çiziğining izlarini saqlab qolgan: yöl böylab okoplar, taşlab ketilgan harbiy pozitsiyalar, raketa snaryadlari va öq-dorilar közga taşlanadi.

2017 yilda — bir neça yillik fuqarolik uruşi ortidan — «Hay’at Tahrir aş-Şom» harakati Idlibga ma’lum darajada barqarorlik olib keldi.

Bor-yöği ikki hafta oldin bu hudud Suriyaning qurolli muxolifat nazoratidagi yagona mintaqasi edi.

Idlibdan, aynan şu yerdan «Hay’at Tahrir aş-Şom» yetakçiligidagi isyonçilar ğolibona yuriş boşlab, bir neça kun içida Başar Asad rejimini qulatdi va uning oilasi tomonidan örnatilgan yarim asrlik diktaturaga barham berdi.

Hozir ular mamlakatni öz nazorati ostiga olib, öz boşqaruv tizimini Suriyaning barça mintaqalariga tarqatişga urinayotgandek körinişmoqda.

Idlib şahri markazida Asadning ağdarilişi munosabati bilan haqiqiy bayramni kuzatildi: erkaklar va ayollar, yoşlar va qariyalar muxolifatning yaşil-qor hoşiyali va uç qizil yulduzli bayroqlari bilan köçalarga çiqişgan. Devorlardagi graffitilar esa rejimga qarşi kuraşni olqişlab turardi.

Yöl böylaridagi vayrona binolar va xarobalar bu yerda yaqinda ötgan uruş haqidagi xotiralarni saqlab turibdi, biroq ta’mirlangan uylar, yaqinda oçilgan dökonlar va ozoda yöllar vaziyat ança yaxşilanganidan darak beradi. Şunga qaramay, mahalliy aholining ayrim vakillari hokimiyatning qattiqqölliklaridan şikoyat qiladi.

Bu hafta boşida Idlibga kelgan paytimizda şahar köçalari nisbatan toza edi, svetoforlar va köça çiroqlari yaxşi işlab turgan, odamlar gavjum hududlarda patrullar közga taşlanardi, deb yozadi BBC’ning Yaqin Şarqdagi muxbiri Hyugo Baçega.

Bu sodda, ammo muhim elementlar bu yerda faxr-iftixor belgisi sanaladi: çunki Suriyaning boşqa mintaqalarida bunday holatni köriş muşkul.

«Hay’at Tahrir aş-Şom»ning ildizlari şubhali dovruğ taratgan «Al-Qoida» taşkilotiga borib taqaladi. Biroq sönggi yillarda Hş imijini keskin özgartirib, özini milliy kuç sifatida körsatmoqda va jihodçi ötmişidan yiroqlaşib, asosiy maqsadi Asadni ağdariş bölganini ta’kidlamoqda.