Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Uchrashuv Toshkentda “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” avtomobil yo‘lagini shakllantirish hamda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik holati haqidagi axborot bilan bo‘lishishdi. Ular, shuningdek, bu sohada imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishdi, 2018 yil uchun yuklarni tashishga ruxsat blankalari bilan almashishga dastlabki kvotalar bo‘yicha kelishib olishdi va davlatlar hududlari bo‘yicha xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy masalalarni ko‘rib chiqishdi.
Uch tomonlama uchrashuv davomida “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” avtomobil yo‘lagi tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash hamda tomonlar davlatlari o‘rtasida yuk tashish va ular hududlari orqali tranzit muddatlarini sezilarli qisqartirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga egaligi qayd qilindi.
Tomonlar 2017 yilning 30 oktabridan 3 noyabrigacha “Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkashtom – Qashg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro avtopoyganing muvaffaqiyatli o‘tkazilganini qutlashdi. Bu tadbirda har bir tomondan 3 ta dan, jami 9 ta yuk mashinasi ishtirok etib, ular bu yo‘nalish bo‘yicha muntazam yuk tashishlarni tashkillashtirishning iqtisodiy tomondan samarador ekanligini tasdiqlashdi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
10:15 / 17.06.2026