Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi Qonun imzolandi.
Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berilishicha, qonun O‘zbekiston Respublikasining 7 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 11 ta moddadan iborat.
Ma'muriy ishlar bo‘yicha Oliy sudning sudlov hay'ati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, tuman (shahar) ma'muriy sudlari tashkil etilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish to‘g‘risida”gi, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Ularda “xo‘jalik” degan so‘zni “iqtisodiy” degan so‘z bilan almashtirish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Qonun bilan 1997 yildan beri amalda bo‘lgan Xo‘jalik protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan barcha qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmoqda.
Mazkur Qonun 2018 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 22 yanvarda Fuqarolik protsessual kodeksi va 24 yanvarda Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunlar imzolangan bo‘lib, mazkur Kodekslar ham 2018 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
15:56 / 25.03.2026