Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy viloyatlari “zapravka”larida yana ikki-uch kilometrli navbatlar yuzaga keldi
“Metan gaz quyish shoxobchalarida ahvol juda chatoq. Ertalab ikki soat past bosimda berishyapti. Haydovchilar 5-6 soatlab navbatda turganini ko‘rib rahmingiz keladi”, deydi Namangan viloyatining Uychi tumanidan aloqaga chiqqan KUN.UZ o‘quvchisi.
Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham xuddi shu holat. Aholi xonadonlarida isitish uchun tabiiy gaz muammosi, ishlab chiqarish korxonalarida ham gaz muammosi... Gaz idorasiga tadbirkor murojaat qilsa: “Aholiga beryapmiz”, degan javob oladi.
Yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarining tizimli ishlamasligi aholiga juda noqulayliklar tug‘dirmoqda. Yo‘lkira ikki-uch barobar oshgan. Viloyat gaz idoralaridan “zapravka”lar bo‘yicha savolga bir xil javob eshitasiz: “Transgaz” oz beryapti”. “Nega unday?” deysiz, javob yo‘q. Axir viloyat o‘z gaz iste'molini qoplayotgan bo‘lsa, gazni berish kerak emasmi?
Ayni paytda, Toshkent yoki boshqa viloyatdan Qamchiq dovoni orqali vodiyga avtomashinada yo‘lga chiqsangiz, albatta, gaz balloningizni to‘ldirib, bakingizni liq qilib keling. Bo‘lmasa, sutkaning yarmida umringiz kutish bilan o‘tadi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026