O‘tgan shanba kuni 92 yoshida hayotdan ko‘z yumgan IKEA asoschisi hamyonbop zamonaviy dizaynerlik mebellari g‘oyasini taqdim etish bilan bir qatorda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi falsafasini ham ishlab chiqdi.
"Biznes — bu muhabbat. Agar odamlarning mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lmasangiz, ularga mahsulot sota olmaysiz", - deya ta'kidlardi Kamprad.
Kamprad hayoti davomida kantstovar sotuvchisidan to 37,6 milliard dollar aylanmali korporatsiya hammuassisigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Endi ko‘plar uning qanday qilib dizaynerlik mebelini ommaviy talabgor tovarga aylantirgani, tannarxning har bir kronasi uchun kurashgani, ishlab chiqarishni tejamkorlik maqsadida Polshaga ko‘chirgani, Kampardning yetkazib beruvchilar bilan muzokaralarda qat'iyligi haqida yoza boshlashadi: "IKEA bilan ishlashning ilk ikki yilida sizning daromadingiz IKEA'da qolishi" - faqat qisman hazil.
Shved ishbilarmoni hech qanday rasmiy ta'lim olmay, xatti-harakat psixologiyasi savdosidan foydalanishning "otalari"dan biriga aylandi, IKEA do‘konlarida qo‘llanuvchi usullar esa tavsiyaviy marketingga doir barcha qo‘llanmalarda keltiriladi. Ingvar Kamprad farzandlariga - kompaniya va boyligini, butun dunyo ishbilarmonlariga esa - juda foydali o‘gitlar qoldirdi.
1-o‘git. Iste'molchilarni o‘z mahsuloti yaratilishida ishtirok etishga jalb qilish
Ma'lumki, IKEA'ning deyarli barcha mebeli yig‘ishni talab qiladi. Kompaniya buni iste'molchilar uchun narxni pasaytirish maqsadida xarajatlarni tejash bilan izohlaydi va bu juda to‘g‘ri: tovarni bozordagi o‘rtacha narxdan arzonroqqa sotib, xaridorlarga izoh taqdim etish kerak, aks holda ularning miyasida "arzonmi, demak sifatsiz" degan fikr o‘rin oladi. Biroq yana bir muhim jihat bor: inson biror buyumni o‘z qo‘llari bilan qursa, u avtomatik ravishda o‘ziga ko‘proq yoqa boshlaydi.
Oila boshlig‘i farzandlari bilan birga shkaf yig‘sa, bu muhim oilaviy hodisaga aylanadi va kompaniya uchun yangi xaridorlarni voyaga yetkazadi, yillar o‘tib shu bolalar ham kompaniya do‘konlariga kelishadi. Odamlar o‘z qo‘li bilan yig‘ilgan mebelni do‘stlari bilan, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilishadi, quvonishadi, biror narsasi o‘xshamay qolsa, jahllari chiqadi (bularning bari hissiy qamrovdir) va tarmoq uchun marka bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab kontentlarni yaratadi. Youtube'da ikea unboxing so‘rovi bo‘yicha 1,2 milliondan ortiq videorolikni topish mumkin.
2-o‘git. Hamma narsani muhokama qilaverishsin, hatto tovarlar nomini ham

















