Maşhur şved riteyleri - mebel va uy-rözğor buyumlari işlab çiqaruvçi IKEA kompaniyasi Ukrainaga qaytadi. Bu haqda 27 iyun, payşanba kuni Ukrainaning «Ekonomiçeskaya pravda» gazetasi öz manbalariga tayanib xabar berdi. «Texnik tayyorgarlik işlari olib borilmoqda, Ukrainada IKEA işining boşlaniş sanasi hali noma’lum», dedi suhbatdoşlardan biri. 

Joriy yilning aprel oyida naşr IKEA öşa paytda Ukraina bozoriga qaytiş mavzusini muhokama qilişga tayyor emasligi va mavjud vaziyatning potensial operatsion faoliyatga ta’sirini örganayotgani haqida yozgan edi. 

IKEA uruş boşlanganidan beri Ukrainada işlamayapti 

IKEA Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan keyin birinçi kuni özining Ukrainadagi barça oltita zavodida sotiş va işlab çiqarişni töxtatdi. Riteyler Ukraina yoğoçidan foydalanişdan ham boş tortdi. Ukraina matbuotiga köra, kompaniya bu qarorini 24 fevraldan keyin «yoğoçning qonuniyligini tekşiriş imkoni yöqligi» bilan izohlagan. 

«Forbs» jurnali Ukraina versiyasining 2022 yil sentabridagi ma’lumotiga köra, riteyler Ukrainadagi faoliyatini «imkon qadar tezroq» tiklaşga intilmoqda va öz mahsulotlarini yetkazib beruvçilarni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. 

IKEA 15 yildan beri Ukraina bozoriga kirişga harakat qilgan, ammo faqat 2020 yilda u onlayn savdoni yölga qöyişga muvaffaq böldi va 2021 yilda Kiyevda özining birinçi dökonini oçdi. 

IKEA ikki yil oldin Rossiyani butunlay tark etdi 

2022 yil iyun oyida IKEA Rossiya bozorini tark etiş qarorini yetkazib berişdagi murakkab vaziyat bilan izohladi. «Afsuski, vaziyat yaxşilangani yöq va halokatli uruş davom etmoqda. Oxirgi bir neça oy içida butun dunyo böylab biznes jarayonlari va ta’minot zanjirlari bilan boğliq vaziyat sezilarli darajada yomonlaşdi. Şu sababli biz faoliyatni qayta tiklaş imkoniyatini körmayapmiz», - deya ma’lum qildi öşanda Rossiyadagi barça IKEA dökonlariga egalik qiluvçi Ingka Group.

Rossiyadagi IKEA xodimlaridan avgust oyi oxirigaça maoşlarini saqlab qolgan holda tomonlar kelişuviga köra işdan böşaş söralgan va Şvetsiya kompaniyasining zavodlari sotilişi xabar qilingan edi. Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga köra, IKEA rahbariyati Rossiya bozorini tark etiş qarorini kompaniyaning butun tarixidagi eng qiyinlaridan biri deb atadi, ammo «Rossiyaga qaytişga umid qilmoqda, biroq bu qaçon amalga oşişi aniq emas».