Jamiyat | 13:31 / 31.01.2018
5724
1 daqiqa o‘qiladi

Poytaxt va viloyatlarda bandlikka ko‘maklashish markazlarining yangi binolari quriladi

Foto: Norma.uz

Vazirlar Mahkamasining 15.01.2018 yildagi 27-son qarori bilan 2018 — 2021 yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining (ABKM) moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi tasdiqlandi.

ABKM binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining umumiy qiymati 79 mlrd 121 mln so‘mlik mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda, deb yozadi Norma.uz.

Masalan, poytaxtda ushbu mablag‘lar hisobiga Olmazor, Bektemir, Chilonzor, Shayxontohur va Yunusobod tuman ABKMning yangi binolarini qurish, shuningdek 5 ta tumanda mavjud bo‘lganlarini kapital ta'mirlash rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, respublika viloyatlaridagi ABKMning yangi binolarini qurish uchun qo‘shimcha ravishda Davlat byudjyetidan 15 mlrd 150 mln so‘m ajratiladi. Shu tariqa, to‘rt yillik dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi 94 mlrd 271 mln so‘mni tashkil etadi.

Ushbu hujjat 22.01.2018 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid