00:04 / 31.01.2018
34615

Superklubga aylanmoqchi bo‘lgan «Paxtakor»ni arab klubi to‘xtatib qoldi

Bugun, 30 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi uchun saralash uchrashuvlari O‘zbekistonning ikkinchi vakili — Toshkentning «Paxtakor» klubi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

O‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan «Paxtakor» Qatarda «Al-G‘arafa»ga qarshi maydonga tushdi va birinchi bo‘limning birinchi qismidayoq o‘tkazilgan ikki gol tufayli mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning 21-daqiqasida toshkentliklar jamoasi sardori Marko Shimichning xatosi tufayli Lobanov qo‘riqlayotgan darvozaga penalti belgilandi. Nuqtaga yaqinlashgan Uesli Snayder aniq harakat qildi - 1:0. 7 daqiqa o‘tib mezbonlar qarshi hujumda hisobdagi ustunlikni oshirishdi, Diogo Amadoning uzoqdan bergan kuchsiz zarbasini Lobanov qo‘llari orasidan o‘tkazib yubordi -2:0.

Foto: Twitter/@beIN SPORTS

O‘yin oxirida Shota Arveladze maydonga yosh futbolchilar Jasurbek Yaxshiboyev va Jasurbek Hakimovni tashladi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Hakimov hisobni qisqartiruvchi golni urdi, oxirgi daqiqada Yaxshiboyev Shimichni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi, ammo sardor qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Shu tariqa, bir uchrashuvdan iborat pley-off  bosqichida mag‘lub bo‘lgan «Paxtakor» musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Foto: Twitter/@beIN SPORTS

«Al G‘arafa» - «Paxtakor» 2:1 
Gollar:
Sneyder 20 penalti, - 1:0. Diyego Amado 28, - 2:0. Jasurbek Hakimov 90+3, - 2:1.

«Al G‘arafa»:  Qosim Burxon, Mahdi Muxtor (Said Haq, 11), Roberi Fassiana, Fahid Shammari, Monkez Adi, Assim Modibo (Xolid Zereqi, 76), Diogo Amado, Abdulaziz Hatim (Tamir Jamol, 65), Ahmad A'laaldin, Uesli Sneyder (s), Mehdi Taremi.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Sherzod A'zamov, Marko Simich (s), Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Azimjon Ahmedov (Jasurbek Hakimov, 76), Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov (Jasurbek Yaxshiboyev, 62), Tiago Bezerra.
Ogohlantirishlar: Jamshid Iskanderov 22, Mehdi Taremi 48, Assim Modibo 68, Said Haq 85, Marko Simich 85.

Top