Qozog‘istonning Olmaota shahri prokurori o‘z lavozimidan bo‘shatildi
Olmaota shahri prokurori Gabit Mirazov intizomiy qoidabuzarlikni sodir etgani uchun o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasiga tayanib ma'lum qilingan.
Shuningdek, kuzatuv faoliyatini tegishlicha tashkillashtirmaganlik, jinoiy jarayonda yo‘l qo‘yilgan tizimli qoidabuzarliklar, davlatning manfaatlarini nosamarali taqdim qilganlik uchun Aqto‘be viloyati va Janubiy Qozog‘iston viloyati prokurorlari o‘rinbosarlari Daniyar Sizdikov va Abil Kojaxmetov ishlaridan bo‘shatilganlar.
Shuningdek, Aqto‘be, Oqmola, Shimoliy Qozog‘iston viloyati prokurorlari, Pavlodar, Olmaota, Qizilo‘rda, Atirau, Mang‘istau viloyatlari prokurorlari o‘rinbosarlari, Taraz va Qarag‘anda shaharlari prokurorlari turli intizomiy javobgarlikka tortilganlar.
Bosh prokuraturada ta'kidlanishicha, ushbu qarorlar prokuraturaning 26 yanvardagi yig‘ilishi natijalariga ko‘ra qabul qilingan. Shuningdek, jinoiy va fuqarolik jarayonlarida qonunchilikning ta'minlanishida, jinoiy jazolarni ijro etish sohasida sezilarli kamchiliklar aniqlangan.
Mavzuga oid
11:51 / 01.10.2024
“Jabrlanuvchilar rozi emas” - Farg‘ona viloyat sudida protsessni tasvirga olmaslik uchun “yopishmagan” sabab ko‘rsatildi
11:06 / 14.09.2024
Isroil Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi
22:56 / 09.08.2024
Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga 5 yil muddatga shartli qamoq jazosi tayinlandi
11:37 / 01.07.2024