Jahon | 20:40 / 01.02.2018
40643
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov hijob va hijobsiz musulmon ayollari haqida

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov "1 fevral - Xalqaro hijob kuni"da hijob kiymasa-da, "kamtarlik, or-nomus va odob" timsoli bo‘lgan ko‘p ayollarni bilishi haqida so‘zladi. 

"Bugun Xalqaro hijob kuni. Hijob musulmon ayollari uchun e'tiqod va halollik ramzi. Mening oilamda barcha ayollar hijobda. Bu ularning tanlovi, hech kimga bunday majburiyat yuklanmagan. Zero bugun or-nomus, kamtarlik va halollik haqida gapirib, ertaga uni inkor etib bo‘lmaydi, axir — bu ikkiyuzlamachilik bo‘ladi. Shuning uchun tanlov ongli ravishda amalga oshirilishi kerak", - deb yozadi u.

Qodirov barcha dinlarda ayol kishi boshini yopib yurishi kerakligi aytilganligini ta'kidlagan. U zamonlar o‘zgarayotgani va kimlardir diniy qoidalarga rioya qilmay qo‘yayotgani, ammo Chechenistonda juda ko‘p ayollar Qur'on qoidalariga rioya qilishini qayd etgan. 

"Shunday bo‘lsa-da, men kamtarlik, or-nomus va odob timsoli bo‘lgan ko‘plab ro‘molsiz ayollarni ham bilaman", - deya qo‘shimcha qilgan u.

Mavzuga oid