O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi haqidagi nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston hukumatining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi haqidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi» qarori qabul qilindi.
Inspektsiya o‘simliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantin va boshqa xavfli zarakanundalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan O‘zbekiston hududiga kirib kelishdan himoya qilish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
Inspektsiya shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytiradi, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalar va ish usullarini joriy etadi.
Nizomga ko‘ra, xorijiy davlatlardan urug‘lar, o‘simliklar, o‘simlik xomashyosi va boshqa o‘simlik mahsulotlari hamda xalq iste'moli mollari olib kiriladigan chegara maskanlarini belgilash ham Inspektsiya funksiyalaridan biridir.
Inspektsiya fitosanitar sertifikati va karantin ruxsatnomasini beradi. Karantin bo‘yicha O‘zbekistonning hududlar va mikrohududlarga ajratadi.
Mavzuga oid
07:34 / 25.07.2023
Hukumat davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi
16:13 / 27.06.2023
OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 ta nizom tasdiqlandi
09:11 / 03.08.2022
O‘zbekistonda xodimni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi belgilandi
07:35 / 01.03.2022