Jamiyat | 10:31 / 02.02.2018
8290
1 daqiqa o‘qiladi

Xususiy tadbirkor fotostudiya binosining yerto‘lasida ko‘mir isidan zaharlanib vafot etdi

30 yanvar kuni soat 09:30larda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan K.S. uyi yotoqxonasidagi isitish pechiga ko‘mir solib uxlab qolishi oqibatida, ko‘mir isidan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Shuningdek 30 yanvar kuni soat 16:30larda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashagan, xususiy tadbirkor, 1969 yilda tug‘ilgan  R.X. o‘ziga tegishli Mo‘g‘lon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Doston” fotostudiyasi binosining yerto‘lasida, xonani isitish maqsadida chelakka ko‘mir solib uxlab qolishi oqibatida ko‘mir isidan zaharlanib voqea joyida vafot etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid