Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyat soliq tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan daromadlar tushumiga Qashqadaryo viloyatida joriy yilda byudjyetga qo‘shimcha ravishda 501,4 mlrd.so‘m tushirilishi belgilandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar bermoqda.
Tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmayotgan jismoniy shaxslarni aniqlanib, ulardan ushbu yer uchastkalari uchun yer solig‘ini 3 baravar miqdordagi stavkada undirilishini ta'minlash yo‘li bilan davlat byudjyetiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi.
Birgina viloyat bo‘yicha 59,9 mingta kadastr hujjatlari bo‘lmagan mol-mulk obektlarini ro‘yxatga olish, kadastr bahosini belgilash va namunaviy uy-joy obektlari qurishga ajratilgan yer uchastkalarini hisobga olish evaziga byudjyetga qo‘shimcha 16,4 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Hududlardagi bozorlarda undiriladigan yig‘imlar, ijara to‘lovlarini hamda avtoturargohlardagi tushumlarni to‘liq kirim qilish natijasi bilan byudjyetga 4,8 mlrd.so‘m tushiriladi.
Davlat soliq xizmati organlarida soliq hisobida turmasdan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, qo‘shimcha daromad olib, uni ko‘rsatmayotgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish orqali, daromadlarini deklaratsiya qildirish va soliqqa tortish hisobidan qo‘shimcha 13,2 mlrd.so‘m undiriladi.
Soliq va moliyaviy hisobotlarni bank, bojxona, birja, kadastr va boshqa idoralarning ma'lumotlari bilan solishtirish orqali yashirilgan tovar aylanmalarini aniqlash va ularni soliqqa tortish, xufiyona biznes yuritish va soliq to‘lashdan qochish ehtimoli bo‘lgan sub'yektlarni aniqlash va soliqqa tortishni ta'minlash borasida samarali soliq ma'murchiligini amalga oshirish orqali byudjyetga 86,2 mlrd.so‘m mablag‘ undirish imkoni yaratiladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning mavjud soliq qarzini to‘liq undirish orqali Qashqadaryo viloyatida ushbu tadbirlarni tashkil etish hisobiga byudjyetga qo‘shimcha 103,8 mlrd.so‘m miqdorda mablag‘larni tushirish belgilandi.
Majburiy ijro byurosida turgan sud qarorlariga ko‘ra qarzdorlarning mol-mulkini, shuningdek musodara qilingan tovarlarni sotish evaziga viloyat byudjyetiga 48,1 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi.
Valyuta bozorini liberallashtirilishi natijasida ko‘payishi mumkin bo‘lgan eksport faoliyatidan olinayotgan daromadlarni to‘liq hisobga olish va soliqqa tortish orqali viloyat eksport salohiyatini tahlil qilish va olinadigan daromadlarni soliqqa tortish natijasida 21,3 mlrd. so‘m undirilishiga erishish mumkinligi hisob-kitob qilindi.
Qashqadaryo viloyatida 2018 yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida bajarilishi va ishga tushirishni ta'minlash hamda yirik soliq to‘lovchilar tomonidan joriy hisoblangan soliqlarni to‘liq to‘lanishi natijasida byudjyetga qo‘shimcha 205,1 mlrd.so‘m tushirilishi hisob-kitob qilindi.
Yo‘l harakati xavfsizligi idoralari tomonidan undiriladigan to‘lovlari hamda noqonuniy pullik transport xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni soliqqa tortish hisobiga byudjyetga 2,3 mlrd.so‘m undiriladi.
Ushbu mablag‘lar viloyatning byudjyet barqarorligini mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi turmush farovonligini yuksalishi uchun sarflanadi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026