Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim vaziri Qashqadaryodagi ayrim MTMlar faoliyatini tanqid ostiga oldi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Ta'lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Akmalov hamda Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tizimi holati o‘rganildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘rganishlar jarayonida, Qashqadaryo viloyatining maktabgacha ta'lim tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachilarning faoliyati va mashg‘ulotlarni sifati, tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish me'yorlariga amal qilish, taomnomalarni rasmiylashtirish, qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan.
Jumladan, Kasbi tumanidagi 1-MTM, Qarshi tumanidagi 7 va 17–MTM hamda Qarshi shahridagi 26-maktabgacha ta'lim muassasalarida qator kamchiliklar aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin viloyatdagi barcha shahar va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Vasilevna, Qashqadaryo viloyatining shart-sharoitlarini, o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha ta'limni yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqish yuzasidan mutassadilarga topshiriq berdi.
Shuningdek, joylardagi ayrim maktabgacha ta'lim bo‘limlari rahbarlari hali xanuz tomoshabin sifatida o‘z vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan yondashayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.
Xizmat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun Kasbi tumanidagi 1-MTM mudirasi M.Abduraxmonovaga, Qarshi shahridagi 26-MTM mudirasi D.Qurbonovaga, Koson tumanidagi 30-MTM mudirasi Z.Murodovaga, Qarshi tumanidagi 7-MTM mudirasi A.Raxmonovaga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, Kasbi tumanidagi 11-MTM xo‘jalik mudiri M.Norova, oshpaz X.Qurbonova, hamshira Z.Tasallayeva hamda G‘uzor tumanidagi 6-MTM mudirasi M.Karimova va Qarshi tumanidagi 17-MTM mudirasi Z.Polvonovalar egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Kengaytirilgan yig‘ilish davomida ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, Maktabgacha ta'lim vazirligi ularning ijrosini qattiq nazorat ostiga olishi alohida ta'kidlandi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026