19:20 / 02.02.2018
9927

Messi Dembele kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Foto: Getty Images

«Barselona» yetakchisi Lionel Messi klub rahbariyatiga Usmon Dembeledan voz kechishni taklif qildi, deb xabar beradi Diario Gol.

Argentinalik uni yozda sotib yuborilishini, transferdan tushgan mablag‘larni esa «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann uchun sarflanishini istayapti. 

Kataloniyaliklar Grizmann transferini amalga oshirish uchun 100 million yevro to‘plashi kerak. Fransiyalik hujumchi «blaugranas» safiga o‘tishga qarshi emas.

Dembelening «Barselona»dagi ilk mavsumi turli jarohatlar tufayli omadsiz chiqdi. Futbolchi Primerada atigi 4ta o‘yin o‘tkazdi xolos.

Antuan Grizmann va Usmon Dembele
Mavzuga oid
Top