Sport | 00:10
570
1 daqiqa o‘qiladi

Dembele - Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi

O‘tgan mavsumda u Fransiya chempionati, Kubogi, Superkubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida g‘alaba qozondi, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi.

Foto: Globe Soccer Awards

Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Usmon Dembele Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Avvalroq, Dembele FIFA tomonidan 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan, France Football nashri tomonidan «Oltin to‘p» sohibi deb e’lon qilingan edi.

O‘tgan mavsumda u Fransiya chempionati, Kubogi, Superkubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida g‘alaba qozondi, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi.

Dembelening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunda tugaydi.

Globe Soccer Awards — futbolda eng yuksak natijalarga erishgan shaxslarga beriladigan mukofot bo‘lib, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

 

Mavzuga oid