O‘zbekiston | 21:59 / 02.02.2018
12226
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoniga muvofiq Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «Tadbirkor ayol» uyushmasining Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bergan. Ushbu taklifga rozilik berilgan va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
  • shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish;
  • xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashish.

2018 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika «Oila» markazi va ularning hududiy bo‘linmalari boshqaruv apparati xodimlari tarkibiga kiruvchi pensionerlarga, ularning bu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo‘lgan taqdirda, pensiyalari to‘liq to‘lanishi belgilab qo‘yilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid