Özgaga tuhmat yoki uni haqorat qiliş heç qanaqasiga oqlab bölmaydigan gunoh iş. Lekin jurnalist zoti ayrim vaziyatlarda maqola va materiallarini şoşilinç tarzda, faktlarni töla tekşirmasdan ommaviy axborot vositasida e'lon qilib yuborişi mumkin.

Aytaylik, maqoladagi qahramon (aksariyat hollarda ular amaldorlar böladi) yozilgan narsalarni kontekstdan yulib, haqorat deb qabul qilişi yoki tuhmatda ayblab, jurnalistni sudga berişi mumkin. Bu holat amaliyotda juda köp kuzatiladi.

Mana şunday hollar yuz berganida amaldagi Jinoyat kodeksiga köra jurnalistni oddiy fuqarodan boşqaçaroq, oğirroq jazolar qarşi oladi. Masalan, tuhmat uçun oddiy fuqaro ozodlikdan mahrum etilmaydi, lekin jurnalist hatto qamalişi ham mumkin...

Keling, Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga köz yugurtiramiz.

E'tibor bering: 139-moddaning ikkinçi qismiga köra, naşr qiliş yoki boşqaça usulda köpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat qiliş — BHMning 200 baravaridan 400 baravarigaça (44 mln 600 ming sömdan 89 mln 200 ming sömgaça) miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolaş;

140-moddaning ikkinçi qismiga köra, naşr qiliş yoki boşqaça usulda köpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qiliş — BHMning 200 baravaridan 400 baravarigaça (44 mln 600 ming sömdan 89 mln 200 ming sömgaça) miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 1 yildan ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi belgilab qöyilgan.

Ya'ni oddiy fuqaro ham, deylik, amaldor ham avval ma'muriy javobgarlikka tortilib, bu qilmişini bir yil içida takrorlaganidan söng Jinoyat kodeksining birinçi qismi böyiça ayblansa, jurnalist töğridan-töğri ikkinçi qism bilan oğir jazoga tortiladi.

Eng qiziği, amaldorlarni haqorat qilgan fuqarolarga ham Jinoyat kodeksida oğir jazo nazarda tutilgan.

Jinoyat kodeksi 140-moddasining 3-qismi «a» bandiga köra,