Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi talabalarga hech qanday to‘siqlarsiz o‘qishini ko‘chirish imkoniyati berilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 16 noyabrdagi «Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori asosida joriy yildan boshlab yurtimizdagi OTMlarga qabul jarayonlari mutlaqo yangi tizimda o‘tishidan allaqachon xabaringiz bo‘lsa kerak, deb yozmoqda Xushnudbek Xudayberdiyev.
Qayd etilishicha, bugungi kunda yuqoridagi prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator normativ-hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, shunday o‘zgarishlardan biri xorijdagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston yoshlarining yurtimizga o‘qishini ko‘chirish jarayonlarida ham rejalashtirilmoqda.
Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan Rossiya davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq o‘qishini sinovlarsiz to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Agar ushbu yangi tartib joriy etiladigan bo‘lsa, unda kuchli 1000 talikdan joy egallagan Rossiyadagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalar hech qanday to‘sqinliklarsiz, shunchaki ariza berish orqali o‘qishini yurtimizga ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi.
O‘qishini ko‘chirishni istagan talaba yo‘nalishi to‘g‘ri keladigan istalgan OTMni tanlashi mumkin bo‘ladimi yoki bunga ham qandaydir cheklovlar bo‘ladimi (masalan, faqat doimiy propiskada bo‘lgan hududdagi OTMga), bu hozircha aniq emas.
Mushtariylarni yana bir savol qiziqtirishi mumkin, ya'ni aynan qaysi xalqaro reyting asos qilib olinadi? Hozircha bu ham aniq emas, lekin imtihonsiz nostrifikatsiya bilan bog‘liq avvalgi amaliyotdan kelib chiqilsa, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarorida uchta xalqaro tashkilot reytinglari hisobga olinishi belgilab qo‘yilgan edi. Bular:
1) QS – Quacquarelli Symonds;
2) ARWU – The Academic Ranking of World Universities;
3) THE – Times Higher Education.
Shuni inobatga olib, X.Xudayberdiyev yuqoridagi uchta xalqaro reytingda kuchli 1000 talikka kirgan Rossiya OTMlari ro‘yxatini shakllantirib chiqdi. Mabodo qaror tasdiqlansa, unda Rossiyaning quyidagi 27 ta OTMlaridan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirish mumkin bo‘ladi:

Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026