Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanxayda avtomobil piyodalarga kelib urildi
Foto: AP Photo
Shanxayning turistik markazida avtomobil yo‘l chetiga chiqib ketdi hamda piyodalarga borib urildi. O‘n sakkiz kishi shifoxonaga olib ketildi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalabki soat o‘nda Xuanpu tumanidagi Sinchan va Nanchan ko‘chalari kesishmasida yuz berdi.
Furgon Starbucks qahvaxonasi panjarasi bilan to‘qnashib ketgach yongan, biroq olov gaz ballonlariga o‘tmagan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishdi.
Qayd etilishicha, uch kishi og‘ir ahvolda qolmoqda. Politsiyadan bildirilishicha, hodisa atayin hujum bo‘lmagan. Haydovchi avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqani tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.
Mavzuga oid
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
18:13 / 06.06.2025
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
21:52 / 15.05.2025