Jahon | 21:47 / 03.02.2018
10710
1 daqiqa o‘qiladi

Badavlat xorijliklarni Londondagi hashamatli hayotni tushuntirib berishga majbur qilishadi

Foto: Global Look Press

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi badavlat xorijliklar o‘tgan hafta kuchga kirgan, uyushgan jinoyatchilik bilan kurashning yangi qoidalari doirasida hashamatli hayotga qanday erishganliklarini tushuntirib berishlari lozim bo‘ladi. Bu haqda The Times gazetasi Buyuk Britaniya xavfsizlik vaziri Ben Uollesga tayangan holda xabar qilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, nazorat organlari 50 ming funt sterling (70 ming dollar)dan ko‘p bo‘lgan shubhali aktivlarni, ularning egalari pul mablag‘lari qayerdan paydo bo‘lganini kerakli tarzda tushuntirib bermaguncha muzlatib qo‘yadi.

Tekshiruvlar Rossiya, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlaridan bo‘lgan, Londondagi ko‘chmas mulklarga milliardlab funt yo‘naltirgan sarmoyadorlarga aloqador bo‘ladi, deyiladi materialda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid