Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga o‘yinlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Foto: Tribuna.uz
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2018 yilgi Superliga bahslarini o‘tkazish tartibini tasdiqladi.
Superligada 12ta klub ishtirok etadi. Birinchi bosqichda jamoalar ikki davrali «uy-safar» tizimida bahs olib boradilar.
Ikkinchi bosqichda 1-6 o‘rinlarni va 7-12-o‘rinlarni egallagan jamoalar yana ikkita guruhga bo‘linadilar va «uy-safar» tizimida maydonga tushadilar. Bunda «oltin ochko» qoidasi amal qiladi. Ya'ni 1-6 o‘rinlarni egallagan jamoalarning 7-12 o‘rinlardagi jamoalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlaridagi barcha natijalar chiqarib tashlanadi. 1-6 o‘rinlargacha bo‘lgan jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi ochkolari saqlab qolinadi. Shuningdek, 7-12 o‘rinlardagi jamoalar ochkolari ham xuddi shu tarzda hisoblanadi.
Natijada, bir mavsum davomida klublar 32ta o‘yinda maydonga tushadilar.
Pro-Ligada 1-o‘rinni egallagan jamoa Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi. Superligada 12-o‘rinni egallagan jamoa Pro-Ligaga tushib ketadi. Pro-Ligadagi 2 va 3-o‘rin sohiblari Superliganing 10 va 11-o‘rinlardagi jamoalari bilan o‘tish bahslarida ishtirok etadilar.
Mavzuga oid
23:12 / 27.02.2026
Mundial yilidagi mavsum: kim favorit?
20:37 / 27.02.2026
Superligadagi legionerlarning 95 foizi mahalliy futbolchilardan kam maosh oladi – Diyor Imomxo‘jayev
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
14:09 / 31.01.2026