Özbekiston milliy jamoasi 8 iyun kuni AQŞning Nyu-York şahrida Niderlandiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu bellaşuv uçun Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Niderlandiya milliy jamoasiga 300 ming dollar miqdorida mablağ tölanişi haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, ÖFAning terma jamoalar bölimi sobiq rahbari Şerzod Igamberdiyev Niderlandiyaga qarşi yopiq eşiklar ortida ötadigan nazorat bahsi uçun 300 ming dollar miqdorida mablağ sarflanayotgani haqida yozdi.

Ibragimov Kamerun, Kosta-Rika, Boliviya, Venesuela, Rossiya, AQŞ, Meksika, Urugvay va Kanada terma jamoalariga qarşi taşkil etilgan uçraşuvlar uçun heç qanday mablağ tölanmagani, aksinça, mazkur öyinlar orqali 525 ming dollar pul işlab topilganiga urğu berdi.
ÖFA tarqalgan xabar yuzasidan izoh berib, 300 ming dollarlik tölov haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi.
«Özbekiston futbol assotsiatsiyasi uşbu ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qiladi. Mazkur örtoqlik uçraşuvi uçun Niderlandiya futbol federatsiyasiga heç qanday mablağ tölanmaydi.
Uçraşuvni taşkil etiş bilan boğliq stadion ijarasi, xavfsizlik, translatsiya hamda boşqa taşkiliy xarajatlar esa tomonlar örtasidagi kelişuvga muvofiq teng taqsimlanadi. Şuningdek, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xalqaro örtoqlik öyinlarini taşkil etişda özaro manfaatli hamkorlik va amaldagi xalqaro tartiblar asosida iş olib boradi.
Şu munosabat bilan muxlislar, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatçilik vakillaridan yolğon axborotlarga işonmasliklarini söraymiz», — deyiladi ÖFA xabarida.











