Amerikalik arxeologlar Gvatemalada mayya sivilizatsiyasiga tegişli, avval fanga noma'lum bölgan 60 mingdan ortiq inşoot izlarini aniqlaşdi. Olimlarning fikriça, köplab suğoriş kanallari, yöllar, qal'alar va ehromlarning mavjudligi qadimda bu yerlarda önlab yirik şaharlar bölganiga işora qilmoqda, deyiladi ArsTechnica'da.
Yöqolib ketgan sivilizatsiya artefaktlari Gvatemala şimoli-şarqidan topilgan. Olimlar lidarlar (lazer radarlari) yordamida jami 2 ming kvadrat kilometrdan ziyod hududni tadqiq qilişgan.
Olingan ma'lumotlar mayya sivilizatsiyasi avval taxmin qilingandan-da köproq aholiga ega bölganini körsatmoqda. Mutaxassislarning dastlabki baholariga köra, uşbu hududda taxminan 10 million kişi yaşagan bölişi mumkin.
Qadimgi mezoamerika mayya sivilizatsiyasi zamonaviy Meksika, Gvatemala va Gonduras hududlarida taxminan 3,5 ming yil davomida mavjud bölgan. Taxminan XVII asrning oxirida uning oxirgi mustaqil şahri ispanlar tasarrufiga ötgan.

















